Сделай свой сайт!

Mehmon, Soat :
Reklama
Erkaklar bo'limi
Yosh biznesmenga qarata aytilgan 26 ta buyuklar fikri
Henri Ford: “Puldan tashqari hech nimani tan olmaydigan tadbirkorlik qashshoqlikdir.” *** Jon Grinlef: “Kichik tadbirkor, shuni bilginki, sen uchun halollikdan yaxshiroq yuksalish quvvati yo‘q.” *** Koko Chanel: “Hayotda zerikishga vaqt yo‘q. Hayotda mehnat qilish va sevish uchun vaqt bor. Bular esa boshqa narsalarga o‘rin qoldirmaydi.” *** Robert Orben: “Har kuni tongda uyg‘ongach, boylarning yangi ro‘yxatini ko‘rish uchun “Forbes” jurnalini varaqlayman. Agar u yerda ismim bo‘lmasa, yanayam qattiqroq mehnat qilish uchun ishga shoshaman.” *** Xerold S. Genin: “Iqtisod olamida har kimga ikkita tanga beriladi: biri mablag‘ olish uchun, ikkinchisi tajriba uchun. Sen avvalo tajribani xarid qil, so‘ngra mablag‘ning o‘zi keladi.” *** Henri Vard Bicher: “Har bir yosh tadbirkor biznesdagi muvaffaqiyatning asosi yaxshi fazilatlar ekanini bilib olishi lozim.” *** Robert Shuller: “Omadsizlikka uchrash “sen omadsiz san” degani emas, aksincha “omading hali oldinda” degani.” *** Adlay Stefenson: “Tadbirkorlikda kompaniyaning haqiqiy xo‘jayini bu – xaridor. Chunki u qaror qilasa pulini boshqa yerda sarflashi va kompaniyani kasodga uchratishi mumkin.” *** Andre Marloks: “Rahbarlik – xalqqa xizmat qilishdir. Bundan ortiq, bundan kam emas.” *** Klement Stoun: “Harakat, harakat, harakat va yana harakat har qanday sohada peshqadam bo‘lishning bosh qoidasi.” *** Aleksis de Tokvil: “Biz o‘zimizdagi ijobiy fazilatlar bilan muvaffaqiyat qozondik. Ammo, “eng zo‘r”ga aylanish uchun kamchiliklardan saboq olish zarur.” *** Charlz Kettering: “Yuqori natijalar doimo yuqori umidlar tufayli qo‘lga kiritiladi.” *** Edvard Apleton: “Boshqaruvda kasbiy mahoratdan ko‘ra kasbga bo‘lgan ishtiyoqni qadrlayman.” *** Lord Akton: “Men puxta tadbirkor emasman. Lekin mohir san’atkorman. Men pul haqida o‘ylamayman. Go‘zal narsalar pul olib kelishini yaxshi bilaman.” *** Robert Shuller: “Qo‘rqma! Qo‘rquvga quloq tutsang, qanchalik buyuk inson ekanligingni bilmay o‘tib ketasan.” *** Pol Getti: “Bankda 100 dollar asrayotgan bo‘lsang, bu sening muammong. Mabodo, bankdagi hisobing 100 million dollar bo‘lsa, bu bankning muammosi.” *** Stiv Jobs: “Biznesda muvaffaqiyatli inson yo‘lboshchi, qolganlar esa unga ergashuvchidir. Yo‘lboshlovchi va ergashuvchini bir-biridan farqlaydigan narsa – yangilikdir.” *** Charlz Jaffe: “Boy bo‘lishing oyligingga emas, sarf-xarajat qilishingga bog‘liq.” *** Deyl Karnegi: “Dunyodagi eng buyuk ishlar umidi ajal ostonasiga borgan mahalda harakatni to‘xtatmagan kishilar tomonidan uddalangan.” *** Edvards Deming: “Mijoz sizning xizmatingiz yoki mahsulotingizdan do‘stlari, yaqinlari oldida faxrlansin. Ana shunda siz mijozning do‘stlarini ham xaridorlar safiga qo‘shasiz. Foyda shu orqali oshadi.” *** B. S. Forbes: “Haqiqiy boy – avvalo qalban boy bo‘ladi.” *** Frank Lloyd: “Fermada oddiy tovuqxona qurayotgan bo‘lsang ham, go‘yoki o‘zingga imorat tiklayotgandek diqqatli va g‘ayratli bo‘l.” *** Stiv Jobs: “Yangilik qilganingda xato qilishing ham tayin. Muhimi xatoni tezda anglashdir.” *** Volter Skot: “Tadbirkorlikda muvaffaqiyat yoki inqiroz qobiliyatga emas, xulq-atvorga ko‘proq bog‘liq.” *** Aristotel: “Tadbirkorlikning siri boshqalar bilmagan tadbirdan boxabar bo‘lishdir.” *** Kolin Pauel Muvaffaqiyatning sirli joyi yo‘q – bu puxta tayyorgarlik, qattiq mehnat va omadsizlikdan saboq olish degani. ***
Biz haqimizda
Bosh Sahifa
+99899 904 93 32
UzGame_Ru@mail.ru

Statok.netUzMasterS.RuMobTop.Ru